Byuro bajargan ishlarning bir qismi. Portfel to'ldirib boriladi.
Toshkent markazidagi Mixed-Use majmua: ikkita 27 qavatli va bitta 20 qavatli turar-joy minorasi.
Navoiy City hududidagi salobatli 25 qavatli "ART TOWERS" premium minoralari — ko'p funksiyali stylobat va zamonaviy arxitekturaga ega turar joy majmuasi.
Navoiy shahrida 3.5 gektardan ortiq hududda loyihalashtirilgan, 15 ta 16 qavatli va 1 ta 29 qavatli binolardan iborat.
«Obod Maskan» 3,2 gektar hududda joylashgan, 20 ta 16 qavatli monolit binodan iborat
Oq va tillarang panellardan vertikal relyefli fasadga ega, o'zaro simmetrik 2 ta 14 qavatli bino.
Ekologik toza hududda, o'z maktabi va bog'chasi bo'lgan 8 ta 9 qavatli blok.
«L» shaklidagi o'ziga xos geometriyaga ega, 4 ta blokdan iborat 16 qavatli monolit bino.
Landshaftga moslab loyihalangan, 16 qavatli 18 ta blokdan iborat shahar majmuasi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan, o‘z ichiga mehmonxona, turar-joy va tijorat maydonlarini olgan zamonaviy premium majmua loyihasi.
Navoiy shahrida joylashgan modern uslubidagi 3 qavatli ko'p tarmoqli davolash markazi loyihasi.
Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan 1.99 ga maydonni egallagan zamonaviy sanoat-logistika va ofis majmuasi proekti.
Mirobod tumanida joylashgan 5 qavatli zamonaviy ko'z klinikasi va diagnostika markazi loyihasi.
Boyovut tumanida joylashgan 270 o'ringa mo'ljallangan zamonaviy 3 qavatli maktabgacha ta'lim muassasasi loyihasi.
Zamonaviy Premium klassdagi ofis binosi. Majmua tarkibida shinam ofis maydonlari, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish zonalari, shuningdek, tom qismida ochiq terassa ko‘zda tutilgan. Loyiha zamonaviy biznes muhiti, funksionallik va qulaylikni uyg‘unlashtiradi.
«CREATIVE AVENUE» — Toshkent shahrining Chilonzor tumanida loyihalashtirilayotgan zamonaviy kreativ markaz. Majmua turli funksional hududlarni yagona me’moriy konsepsiya asosida birlashtirib, piyodalar uchun qulay muhit, tartibli avtoturargoh va zamonaviy jamoat makonlarini shakllantiradi.
Ohangaron tumanining sanoat zonasida loyihalashtirilgan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish majmuasi. Kompleks mikroprotsessor modullari, SIM-kartalar hamda turli maqsadlardagi to‘lov va identifikatsiya kartalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida loyihalashtirilgan trikotaj va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari fabrikasi. Majmua ishlab chiqarish, ma’muriy-maishiy, ombor va xizmat ko‘rsatish funksiyalarini yagona hududiy yechim asosida birlashtiradi.
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida loyihalashtirilgan zamonaviy ma’muriy-ofis binosi. Loyiha ixcham hajm, funksional rejalashtirish va zamonaviy me’moriy yechimlarni uyg‘unlashtiradi.
Shahar muhitiga uyg‘unlashuvchi zamonaviy savdo, xizmat ko‘rsatish va ofis binosi. Loyiha funksional ichki makonlar, ifodali fasad va qulay tashqi hududni yagona me’moriy konsepsiyada birlashtiradi.
Shahar muhitiga uyg‘unlashuvchi zamonaviy mehmonxona binosi. Loyihada funksional mehmonxona xonalari, qulay avtoturargoh va obodonlashtirilgan tashqi hudud yagona me’moriy konsepsiya asosida shakllantirilgan.
Qorasuv arig‘i bo‘yida joylashgan zamonaviy 9 qavatli turar-joy majmuasi. Qulay rejalashtirish, obodonlashtirilgan hudud va rivojlangan infratuzilma zamonaviy shahar hayoti uchun qulay muhit yaratadi.
Neoklassik uslubdagi turar joy loyihasi nafis me’moriy detallar, yopiq ichki hovli va puxta ishlab chiqilgan landshaft yechimlarini uyg‘unlashtiradi.
Zamonaviy klassik uslubdagi premium turar-joy loyihasi. Nafis neoklassik fasad, keng ichki hovli va puxta ishlab chiqilgan landshaft yechimlari yagona me’moriy konsepsiyada uyg‘unlashtirilgan.
Chorboqning tog‘li landshaftiga uyg‘unlashtirilgan zamonaviy premium dala hovli. Kaskadli me’morchilik, ochiq suv havzalari va tom terrasalari tabiat bag‘ridagi zamonaviy dam olish konsepsiyasini shakllantiradi.
Navoiy shahri markazida joylashgan, pastki tijorat qavati va 1-qavatida savdo hamda maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari joylashgan, 9 qavatli zamonaviy turar joy majmuasi.
Nukus shahrida joylashgan, yopiq ichki hovli infratuzilmasiga hamda zamonaviy bolalar va sport maydonchalariga ega 9 qavatli turar joy majmuasi.
Navoiy shahrida joylashgan, zamonaviy me'morchilik, obodonlashtirilgan yashil hovli, bolalar maydonchalari hamda rivojlangan tijorat zonasiga ega turar joy majmuasi.
Navoiy shahrida joylashgan, maktabgacha ta'lim tashkiloti, aholi dam olish masani, yashil hududlar va sport maydonchalariga ega zamonaviy 16 qavatli turar joy majmuasi.
Zangiota tumanida joylashgan, pastki qavatlarida savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchalari, yer osti avtoturargohi hamda obodonlashtirilgan yashil hovliga ega zamonaviy turar joy majmuasi.
Yashnobod tumanida joylashgan, birinchi qavatida tijorat va xizmat ko'rsatish shoxobchalari, bolalar bog'chasi, klinika va zamonaviy hovliga ega shinam majmua.
Navoiy shahrida barpo etilayotgan 16 qavatli, birinchi qavati tijorat majmualaridan iborat, zamonaviy va shinam turar joy binosi.
Sergeli tumanida joylashgan, do'konlar, maishiy xizmat ko'rsatish va zamonaviy ofis xonalarini o'z ichiga olgan 3 qavatli tijorat binosi.
Yunusobod tumanida joylashgan, basseyn, xavfsiz o'yin maydonchalari va zamonaviy sharoitlarga ega 2 qavatli maktabgacha ta'lim muassasasi.
Navoiy City hududida qad rostlayotgan, birinchi qavati tijorat va xizmat ko'rsatish sohasiga mo'ljallangan, zamonaviy eco-dizayndagi 16 qavatli turar joy uylari majmuasi
Tojikistonda joylashgan, Alp shala uslubidagi zamonaviy turar joy majmuasi. Ochiq suzish havzasi, ochiq kinoteatr, basketbol maydonchasi va mukammal landshaft dizayniga ega eksklyuziv qarorgoh.
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, «Oltintepa» va «Avayxon» MFY hududida «Zamonaviy ko‘p xonadonli turar-joy majmuasi, aholi uchun ko‘ngilochar dam olish bog‘i va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari»ni barpo etish master-rejasi. (Umumiy maydon — 73,5 ga)
Uchtepa tumanida Bo‘zsuv kanali bo'yida joylashgan, 15 gektar maydonni egallagan, rivojlangan ijtimoiy va tijorat infratuzilmasiga hamda 4.6 gektarlik ekologik sayilgohga ega zamonaviy turar joy majmuasi master rejasi.