Toshkent viloyati · 2025 · Yakka tartibdagi turar-joy
Dala hovli
- Turi
- Yakka tartibdagi turar-joy
- Joylashuv
- Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani
- Yil
- 2025
- Qavatlar soni
- 2 qavat
- Byuro hajmi
- To'liq tsikl loyihalash
Loyiha haqida
Chorboqning tog‘li landshaftiga uyg‘unlashtirilgan zamonaviy premium dala hovli. Kaskadli me’morchilik, ochiq suv havzalari va tom terrasalari tabiat bag‘ridagi zamonaviy dam olish konsepsiyasini shakllantiradi.
Loyiha tabiiy relyefdan maksimal darajada foydalanib, bino va landshaftni yagona kompozitsiyaga birlashtiradi. Kaskad shaklida tashkil etilgan hajmlar, keng ochiq basseyn va suv elementlari hududga dinamik va zamonaviy xarakter beradi. Tom qismidagi ochiq terrasa panoramali manzaralarga yo‘naltirilgan bo‘lib, dam olish, ovqatlanish va basseyn zonalarini birlashtiradi. Yashil hududlar va bolalar uchun suv o‘yinlari zonasi esa majmuani oilaviy dam olish uchun to‘laqonli makonga aylantiradi.
