Navoiy viloyati · 2026 · Turar-joy
Ko'p qavatli turar joy va tijorat majmuasi
- Turi
- Turar-joy
- Joylashuv
- Navoiy viloyati, Navoiy shahri
- Yil
- 2026
- Qavatlar soni
- 12-16 qavatli
- Byuro hajmi
- To'liq tsikl loyihalash
Loyiha haqida
Navoiy shahrida joylashgan, zamonaviy me'morchilik, obodonlashtirilgan yashil hovli, bolalar maydonchalari hamda rivojlangan tijorat zonasiga ega turar joy majmuasi.
Navoiy shahrining "Yoshlik" MFY, 18-lot hududida loyihalashtirilgan zamonaviy 12-16 qavatli turar joy va tijorat majmuasi. Loyiha shahar turmushining eng yuqori standartlarini o'zida mujassam etgan bo'lib, oqlangan me'moriy fasad chiziqlari, keng panoramali derazalar va puxta o'ylangan infratuzilmaga ega. Loyiha afzalliklari va ko'rsatkichlari: • Umumiy yer maydoni: 20 357.0 m² (2.03 ga). • Qurilish osti maydoni: 7 054.80 m² (35%). • Obodonlashtirish va hovli: Ko'kalamzorlashtirilgan yashil hududlar (5 852.8 m² - 29%), shinam dam olish ayvonlari (besedkalar), bolalar o'yingohlari va sport maydonchalari. • Yo'l va yo'laklar maydoni: 7 449.40 m² (36%). • Tijorat zonasida: Binolarning birinchi qavatida zamonaviy brend do'konlar hamda xizmat ko'rsatish shoxobchalari joylashgan. • Infratuzilma: Yer osti va yer usti avtoturargohlari hamda qulay va xavfsiz piyodalar yo'lakchalari.
