Toshkent viloyati · 2026 · Turar-joy
Ko'p qavatli turar joy va maishiy xizmat ko'rsatish majmuasi
- Turi
- Turar-joy
- Joylashuv
- Toshkent viloyati, Zangiota tumani
- Yil
- 2026
- Qavatlar soni
- 16 qavatli
- Byuro hajmi
- To'liq tsikl loyihalash
Loyiha haqida
Zangiota tumanida joylashgan, pastki qavatlarida savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchalari, yer osti avtoturargohi hamda obodonlashtirilgan yashil hovliga ega zamonaviy turar joy majmuasi.
Toshkent viloyati, Zangiota tumani, "Istiqlolning 5 yilligi" MFY hududida loyihalashtirilgan zamonaviy ko'p qavatli turar joy majmuasi. Loyiha aholi uchun barcha zamonaviy sharoitlar va qulayliklarni o'zida mujassam etgan bo'lib, puxta o'ylangan infratuzilma va ekologik muhitga ega. Loyiha afzalliklari va infratuzilmasi: • Xizmat ko'rsatish zonasi: Binoning pastki qavatlarida savdo, maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari va do'konlar joylashtirilgan. • Avtoturargoh va qulayliklar: Yer osti va yer usti avtoturargohlari, elektrotransport vositalari uchun quvvatlash stansiyalari hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus ajratilgan joylar. • Xavfsizlik va obodonlashtirish: Yashil ko'kalamzorlashtirilgan hovli, dam olish zonalari, bolalar va sport maydonchalari, yong'in gidrantlari hamda bino tepasida aviatsiya ogohlantiruvchi chiroqlari.
