Toshkent viloyati · 2026 · Sanoat
Mikroprotsessor modullari va plastik kartalar ishlab chiqarish majmuasi
- Turi
- Sanoat
- Joylashuv
- Toshkent viloyati, Ohangaron tumani
- Yil
- 2026
- Qavatlar soni
- 4 qavat
- Byuro hajmi
- To'liq tsikl loyihalash
Loyiha haqida
Ohangaron tumanining sanoat zonasida loyihalashtirilgan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish majmuasi. Kompleks mikroprotsessor modullari, SIM-kartalar hamda turli maqsadlardagi to‘lov va identifikatsiya kartalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Loyiha Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, «Tut» MFY sanoat zonasida joylashgan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish majmuasini rivojlantirishga qaratilgan. Majmua tarkibida mikroprotsessor modullari, identifikatsiya kartalari va aloqa modullarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan maxsus binolar hamda ma’muriy bino shakllantirilgan. Funksional tuzilma ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish va turli texnologik yo‘nalishlarni yagona hududiy tizimga birlashtirish tamoyiliga asoslangan. Bosh reja ishlab chiqarish binolari, ma’muriy hududlar va transport infratuzilmasini o‘zaro qulay bog‘lashga qaratilgan. Hududda keng ichki yo‘llar, avtoturargohlar hamda ko‘kalamzorlashtirilgan ochiq maydonlar ko‘zda tutilgan. Umumiy hudud maydoni 4 gektarni tashkil etib, loyiha zamonaviy ishlab chiqarish muhiti, funksionallik va tartibli hududiy tashkil etishni uyg‘unlashtiradi
