Toshkent viloyati · 2025 · Turar-joy
«Bochka Resort» turar-joy va mehmonxona majmuasi
- Turi
- Turar-joy
- Joylashuv
- Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani
- Yil
- 2025
- Qavatlar soni
- 7 qavatli
- Byuro hajmi
- To'liq tsikl loyihalash
Loyiha haqida
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan, o‘z ichiga mehmonxona, turar-joy va tijorat maydonlarini olgan zamonaviy premium majmua loyihasi.
«Bochka Resort» — Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi ekologik toza hududda joylashgan premium darajadagi ko‘p funksiyali majmua loyihasidir. Me’moriy yechim zamonaviy eko-dizayn va tabiat bag‘ridagi qulay hayot tarzini mukammal uyg‘unlashtiradi. Majmua tarkibi va me’morchiligi: Mehmonxona binosi: 7 qavat va atrofdagi tog‘ manzaralarini namoyish etuvchi eksklyuziv panoramatik terassadan iborat. Turar joy korpuslari: 7 qavat hamda yuqori qismida joylashgan shinam terassalarga ega zamonaviy xonadonlar. Tijorat zonalari: Binolarning pastki (noturar) qavatlari restoranlar, kafelar, do‘konlar hamda xizmat ko‘rsatish maskanlari uchun ajratilgan. Asosiy infratuzilma va eko-afzalliklari: Tomdagi open-air basseyn: Bino terassasida joylashgan panoramatik ochiq basseyn va shinam lounge-zona dam oluvchilarga unutilmas estetik zavq bag‘ishlaydi. Sport va hordiq: Majmua ichki hovlisida zamonaviy tennis/sport maydonchasi va qulay sayr yo‘laklari loyihalashtirilgan. Eko-landshaft: Atrof-muhit bilan yaxlit uyg'unlik hosil qiluvchi yashil landshaft yechimlari va ekologik hordiq zonalari.
