Loyihalar · Masterplanlar
Uchtepa tumanida joylashgan zamonaviy ko'p xonadonli turar joy majmuasi master rejasi
Uchtepa tumanida Bo‘zsuv kanali bo'yida joylashgan, 15 gektar maydonni egallagan, rivojlangan ijtimoiy va tijorat infratuzilmasiga hamda 4.6 gektarlik ekologik sayilgohga ega zamonaviy turar joy majmuasi master rejasi.
Kontseptsiya
Master reja Toshkent shahrining Uchtepa tumani «Katta Cho‘ponota» MFY hududida zamonaviy va xavfsiz shahar muhitini barpo etish maqsadida ishlab chiqilgan. Majmua hududida 16 qavatli shinam turar joy bino bloklari, umumta'lim maktabi, maktabgacha ta'lim tashkilotlari (bog'chalar), oilaviy poliklinika hamda keng ko'lamli tijorat va ko'ngilochar ob'ektlar ko'zda tutilgan. Bo'zsuv kanali bo'ylab 4.6 gektar maydonda zamonaviy sayilgoh (park), Wi-Fi zonalar, food-truck va kitobxonlik qahvaxonalari barpo etiladi. Master reja bo'yicha asosiy ko'rsatkichlar va infratuzilma: • Turar joy zonasi (2.9 Ga / 19.3%): 16 qavatli zamonaviy ko'p xonadonli turar joy bino bloklari. • Yashil va sayilgoh hududi (4.6 Ga / 30.7%): Sayilgoh, Yoshlar art-platformasi, Wi-Fi zonasi, Food-truck va Book Cafe. • Ijtimoiy ob'ektlar: Umumta'lim maktabi (1.1 Ga), maktabgacha ta'lim tashkilotlari (1.4 Ga) va oilaviy poliklinika. • Tijorat va xizmat ko'rsatish (0.4 Ga): Savdo va ofis markazlari, o'quv markazi hamda maishiy xizmat ko'rsatish nuqtalari. • Avtoturargoh va transport (4.4 Ga): Rivojlangan ko'cha-yo'l tarmog'i hamda yer usti/yer osti avtoturargohlari.
Master reja konsepsiyasi Bo‘zsuv kanali bo'yida ekologik toza, xavfsiz va zamonaviy shahar muhitini yaratishga qaratilgan. Loyihaning asosiy g'oyasi — 15 gektar maydonda turar joy binolari, boy ijtimoiy infratuzilma hamda 4.6 gektarlik ekologik sayilgoh (park) hududini o'zaro uyg'unlashtirishdan iborat. Majmuada "avtomobilsiz hovli" va har bir turg'un uchun qulay yashash standarti ta'minlangan
Asosiy yechimlar
- 01• Yashil va rekreatsiya zonasi (4.6 Ga): Bo‘zsuv kanali bo'ylab zamonaviy sayilgoh, Yoshlar art-platformasi, Wi-Fi zonalar, Food-truck va Book Cafe joylashtirilishi.
- 02• Ijtimoiy infratuzilma: Hududning o'zida umumta'lim maktabi (1.1 Ga), maktabgacha ta'lim tashkilotlari (1.4 Ga) hamda oilaviy poliklinikaning barpo etilishi.
- 03• 16 qavatli zamonaviy binolar: Insolyatsiya va shamollatish talablariga to'liq javob beruvchi turar joy bloklari joylashuvi.
- 04• Keng ko'lamli avtoturargohlar: Yer usti va yer osti avtoturargohlari orqali 1.0 gektar maydonda transport vositalarining qulay joylashuvi.
