City Art ProjectCITY
ART
PROJECT
Barcha loyihalar

Toshkent shahri · 2025 · Tijorat

Mehmonxona

Tijorat arxitekturasiTo'liq tsikl
Turi
Tijorat
Joylashuv
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani
Yil
2025
Qavatlar soni
5 qavat
Byuro hajmi
To'liq tsikl loyihalash
Mehmonxona02 / 05

Loyiha haqida

Shahar muhitiga uyg‘unlashuvchi zamonaviy mehmonxona binosi. Loyihada funksional mehmonxona xonalari, qulay avtoturargoh va obodonlashtirilgan tashqi hudud yagona me’moriy konsepsiya asosida shakllantirilgan.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan mehmonxona loyihasi zamonaviy shahar me’morchiligi va qulay mehmonxona muhitini uyg‘unlashtiradi. Besh qavatli bino ixcham hajmiy-rejalashtirish yechimi asosida shakllantirilib, tom qismida foydalaniladigan ochiq terassa ko‘zda tutilgan. Binoning me’moriy qiyofasida katta oynavand yuzalar va dekorativ panellar uyg‘unligi asosiy o‘rin egallaydi. Shaffof fasad elementlari binoga yengil va zamonaviy ko‘rinish berib, ichki makonlarni tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bosh reja yechimida mehmonxona binosi bilan bir qatorda avtoturargoh, piyodalar yo‘laklari va ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar tashkil etilgan. Bular mehmonlar uchun qulay, tartibli va estetik tashqi muhitni shakllantiradi.

Vizualizatsiyalar

03 / 05
Mehmonxona03 / 05
Mehmonxona04 / 05
Mehmonxona05 / 05

Loyihadagi xizmatlar

Keyingi loyiha"Shohsaroy Towers" turar-joy majmuasiTurar-joy · Toshkent · 2025Loyihani muhokama qilish  ↗Uchastkangiz yoki g'oyangizni muhokama qilamiz va kontseptsiyadan ishchi hujjatlargacha optimal yechim taklif etamiz.