Sirdaryo viloyati · 2026 · Jamoat
Maktabgacha ta'lim muassasasi
- Turi
- Jamoat
- Joylashuv
- Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani
- Yil
- 2026
- Qavatlar soni
- 3 qavat
- Byuro hajmi
- To'liq tsikl loyihalash
Loyiha haqida
Boyovut tumanida joylashgan 270 o'ringa mo'ljallangan zamonaviy 3 qavatli maktabgacha ta'lim muassasasi loyihasi.
Ushbu loyiha Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivida barpo etilishi rejalashtirilgan, 270 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasining me’moriy taklifidir. Uch qavatli bino bolalarning xavfsiz va qulay muhitda ta’lim olishi, rivojlanishi hamda mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun barcha zarur sharoitlarni o‘zida mujassam etadi. Muassasa hududida bolalar uchun xavfsiz va qiziqarli o‘yin maydonchalari, soyabonlar, sport hududlari hamda keng yashil zonalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bino fasadi esa bolalar muhitiga mos, yorqin va quvnoq ranglar uyg‘unligidagi zamonaviy me’moriy yechim asosida ishlab chiqilgan.
