Toshkent shahri · 2022 · Turar-joy
"DO'STLIK MAJMUASI" zamonaviy turar joy va tijorat majmuasi
- Turi
- Turar-joy
- Joylashuv
- Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Osh ko'chasi, 24-uy
- Yil
- 2022
- Qavatlar soni
- 5 qavatli
- Byuro hajmi
- To'liq tsikl loyihalash
- Holat
- Qurilmoqda
Loyiha haqida
Yashnobod tumanida joylashgan, birinchi qavatida tijorat va xizmat ko'rsatish shoxobchalari, bolalar bog'chasi, klinika va zamonaviy hovliga ega shinam majmua.
"DO'STLIK MAJMUASI" — Toshkent shahri Yashnobod tumanining qulay va rivojlangan hududida joylashgan zamonaviy turar joy va xizmat ko'rsatish majmuasi. Majmuada aholi uchun barcha zaruriy ijtimoiy va maishiy infratuzilma qulay tarzda jamlangan. Loyiha afzalliklari va infratuzilmasi: • Tijorat va ijtimoiy ob'yektlar: Birinchi qavatdagi do'konlar va xizmat ko'rsatish shahobchalari, xususiy klinika, bolalar bog'chasi hamda texnik xizmat ko'rsatish punktlari. • Hovli va sport hududlari: Bolalar va sport maydonchalari, ochiq havodagi Workout zonalari hamda ko'kalamzorlashtirilgan dam olish maydonlari. • Avtoturargoh: Aholi va tashrif buyuruvchilar uchun qulay avtoturargoh zonasi.
